Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: NATO Afg‘onistondagi kontingentini oshiradi
NATO yaqin haftalarda Afg‘onistondagi noharbiy tarkibi sonini ko‘paytirish xususida qaror qabul qiladi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.
"May oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda kollektiv xavfsizligimizni qanday kuchaytirishimiz mumkinligini muhokama qilamiz… Biz harbiy rahbariyatimizdan Afg‘onistondagi kontingentimizni bir necha ming kishi bilan kuchaytirish bo‘yicha so‘rov oldik, ayni vaqtda, bu masalani o‘rganib chiqayapmiz. Yaqin bir necha haftada shu masalada qaror qabul qilamiz", — degan Stoltenberg Londonda jurnalistlar bilan muloqotda.
"Afg‘onistonda jangovar missiyaga qaytilmaydi, u mashg‘ulotlar o‘tkazish va yordam berish yo‘nalishida davom ettiriladi", — deya oydinlik kiritgan bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mavzu 25 may kuni bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida batafsil muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
20:12 / 14.05.2025