Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti "an-Nusra" yetakchisi haqidagi ma'lumotga katta mukofot puli va'da qildi
AQSh Davlat departamenti "Jibhat an-Nusra" terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Julaniy haqidagi ma'lumotga 10 mln dollar mukofot puli va'da qildi. Bu haqda davlat departamentining tvitterda 10 may kuni chop etilgan xabarida aytilgan.
Xabarda aytilishicha, al-Julaniy boshchiligida guruh Suriya hududida tinch aholiga qarshi ko‘plab teraktlar amalga oshirgan. Departament bu teraktlar sifatida 2015 yilda jangarilar tomondan 300 ga yaqin kurdning o‘g‘irlab ketilishi va Idlib viloyatida joylashgan qishloqda 20 kishining o‘ldirilishini eslatib o‘tdi. Ta'kidlanishicha, 2017 yil yanvarda "an-Nusra" boshqa guruhlar bilan birlashib, "Hay'at Tahrir ash-Shom" guruhini tashkil qilgan.
Davlat departamentida aytilishicha, va'da qilinayotgan pul "an-Nusra" a'zosi uchun belgilangan birinchi mukofot pulidir.
Jangari haqidagi ma'lumot uchun mukofotlash 1984 yilda ishga tushirilgan "Adolat uchun mukofot" dasturi doirasida e'lon qilindi. Ta'kidlanishicha, AQSh hukumati bu dastur doirasida terrorchilar haqida ma'lumot taqdim qilgan odamlarga 125 mln dollardan ko‘proq mukofot puli to‘lab bergan.
Mavzuga oid
18:29 / 16.09.2021
Avgust oyida eng ko‘p piyoda yurganlarga qariyb 69 million so‘m mukofot puli berildi
23:23 / 20.04.2021
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi
13:22 / 07.05.2020
Koronavirusga qarshi kurashayotgan xodimlarga 54 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli to‘landi
19:51 / 23.01.2020