Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng xaridorgir smartfonlari reytingi taqdim etildi
2017 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, iPhone 7 dunyoning eng xaridorgir telefoni deya e'tirof etildi. Strategy Analytics tadqiqot kompaniyasi shu haqida xabar berdi.
Apple ilk uch oy ichida 21,5 million iPhone 7 qurilmasini sotgan, bu sotilgan barcha smartfonlarning 6 foizini tashkil qildi.
"Bugungi kunda iPhone 7 o‘zining bir qator sifatlari - foydalanishdagi qulayligi, ilovalarni keng qo‘llab-quvvatlashi va chakana savdodagi xaridbopligi sabab dunyoning eng mashhur smartfon modeli hisoblanadi", - deydi Strategy Analytics'ning katta tahlilchisi.
Ikkinchi o‘rinni iPhone 7 Plus egalladi: I chorakda Apple bu modeldagi 17,4 million qurilmani sotishga muvaffaq bo‘lgan. Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, smartfonga bo‘lgan talab shu qadar katta bo‘lganki, kompaniya uni yetkazib berishning arang uddasidan chiqqan.
Mashhurlik bobida uchinchi pog‘ona Xitoyning Oppo R9s smartfoniga nasib etdi: uch oy ichida 8,9 million smartfon sotilgan.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Samsung Galaxy J3 (6,1 million) va Samsung Galaxy J5 (5 million) egallagan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
09:54 / 23.04.2025