Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy 2017 yilning birinchi choragida O‘zbekistondan gaz import qilmadi
Xitoy 2017 yilning birinchi choragida O‘zbekistondan tabiiy gaz import qilmadi. Bu ushbu mamlakatga gaz yetkazib berish boshlangan besh yildan beri ilk shunday holatga aylandi. Bu haqda Interfax Natural Gas Daily xabar bergan.
O‘zbek gazi importi hajmi 2016 yilning oxirida to‘rt oy davomida doimiy ravishda qisqarib bordi. O‘tgan yilning dekabr oyida esa Xitoyga sotilgan gaz hajmi so‘nggi bir yil ichidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi, keyin esa joriy yilda to‘la to‘xtadi.
Ma'lumot uchun, 2016 yilda Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvurining O‘zbekiston orqali o‘tadigan to‘rtinchi tarmog‘i qurilishi boshlangandi. Gaz quvurining o‘zbek qismidagi tarmog‘i uzunligi 210 kilometrni tashkil etadi, minimal qiymati - 800 mln. dollar. Loyihani amalga oshirish noma'lum muddatga qoldirilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025