Jahon | 22:55 / 12.05.2017
4046
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyadagi shifoxonalar katta ko‘lamli kiberhujumlarga uchradi

Foto: Twitter.com/@ruskin147

Angliyadagi shifoxonalar katta ko‘lamli kiberhujumlardan aziyat chekdi. Kompyuter virusi shifoxonalarning kompyuter tizimlarini zararladi. Xakerlar tizimlar ishini tiklash uchun pul talab qilishgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Shifokorlar ijtimoiy tarmoqlarda deyarli bir vaqtda bir qator shifoxonalarda texnik nosozlik yuz bergani haqida xabar berishgan. Ularning aytishicha, ular kompyuterlarning xakerlar boshqaruviga o‘tishi va kirishni tiklash uchun 300 dollar talab qilinayotgani haqida xabar olishgan. 

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash departamentida xakerlar hujumi haqiqatan bo‘lganini tasdiqlashdi va ushbu muammo haqida keyinroq batafsil so‘zlab berishga va'da qilishgan. Shifokorlarning ma'lum qilishlaricha, kompyuterlarga kirishning yo‘qligi bilan bir qatorda ular bemorlar haqidagi izohlar, retseptlar va tahlillar natijalarini bilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar. 

Ko‘pchilik shifoxonalar vaqtinchalik bemorlarni qabul qilmay qo‘yganlar. Faqatgina shoshilinch vaziyatlar bundan mustasno bo‘lgan. Shifoxonalar vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali britaniyaliklarni tinchlikni saqlashga va muammoga tushunish bilan qarashga chorlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid