Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Bokuda Islom birdamlik o‘yinlari ochiladi
Boku shahrida juma kuni IV «Islom birdamlik o‘yinlari»ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 54 ta davlatdan uch mingdan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
O‘yinlarni Ozarboyjon poytaxtida o‘tkazish haqidagi qaror 2013 yilning iyulida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom birdamligi sport federatsiyasi hisobot-tanlov Bosh assambleyasida qabul qilindi. O‘yinlarning yopilish marosimi 22 may kuni o‘tkaziladi.
O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi raisi, Ozarboyjon birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyevaning ma'lum qilishicha, sportchilar sportning 23 turida 16 ta sport maydonchasida kurash olib boradi. Rejaga ko‘ra, 1,6 ming medallar o‘ynaladi. O‘yinlar 50 davlatda translyatsiya qilinadi, musobaqani milliarddan ziyod teletomoshabin ko‘radi.
"Al-Kass" arab sport telekanali chorshanba kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida Kuvayt, Liviya va Sudan o‘z jamoasini jo‘natishdan bosh tortganini xabar qildi. Shu bilan birga, telekanal bundan qarorga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritmagan.
O‘yinlar vaqtida xavfsizlikni ta'minlash uchun Ozarboyjon IIV shaxsiy tarkibidan 12 ming kishi jalb etildi. Bu haqda respublika ichki ishlar vaziri Ramil Usubov xabar bergan. Uning aytishicha, o‘yinlar arafasida va bevosita uning davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 2017 yilning yanvarida operativ shtab tashkil etilgan. Ozarboyjon davlat qo‘riqlash Maxsus xizmati boshlig‘i Vagif Oxunovning so‘zlariga ko‘ra esa, xavfsizlikni ta'minlashda vertolyotlardan foydalaniladi, ular Boku Olimpiya stadionida O‘yinlarning ochilish marosimida havo ko‘tariladi. Shuningdek Ozarboyjon IIVning barcha idoralari 5-25 may kunlari kuchaytirilgan rejimda ishlaydi, patrul-post naryadlari soni oshiriladi. Barcha strategik obektlarni qo‘riqlash yanada kuchaytiriladi.
O‘yinlar o‘tkaziladigan kunlarda turistlar uchun ekskursiyalar tashkil etiladi, muzey va galereyalar ish rejimi vaqtinchalik uzaytiriladi, Boku shahrida joylashgan teatrlardagi spektakllar matnlarini rus va ingliz tillarida tinglash imkoni yaratiladi. Bu haqda Ozarboyjon madaniyat va turizm vaziri Abulfas Garayev ma'lum qilgan. Mamlakat yoshlar va sport vazirligi rahbari Ozod Ragimovning so‘zlariga ko‘ra esa, Islom birdamlik o‘yinlari musobaqalari uchun 500 mingdan ortiq chiptalar chiqariladi. "Ochilish va yopilish marosimi, shuningdek futbol o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda translyatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Boshqa musobaqalar tomoshabinlarga sport byulleteni shaklida taqdim etiladi. O‘yinlarni shuningdek Olimpiya kanali orqali translyatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan", - deya aytib o‘tdi u. Vazirning ta'kidlashicha, O‘yinlarning ochilish va yopilish marosimini tashkillashtirishda 31 davlatdan bo‘lgan besh mingdan ziyod xodimlar ishtirok etadi. “Marosimlarda sakkiz davlatda ishlab chiqarilgan sahna asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Bu marosimlar Boku Olimpiya o‘yingohida bo‘lib o‘tadi”, - degan vazir.
Payshanba kuni ma'lum bo‘lishicha, birdamlik O‘yinlarida g‘olib chiqqan ozarboyjonlik sportchilar qariyb 59 ming dollardan oladi, ularning murabbiylari esa – bu mablag‘ning yarmi bilan mukofotlanadi. "Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev IV Islom birdamlik o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan ozarboyjonlik sportchilar va ularning murabbiylarini mukofotlash haqidagi qarorga imzo chekdi", - deb xabar qilgan Aliyev matbuot xizmati. Qarorga ko‘ra, birinchi o‘rinni olgan har bir sportchi 59 ming dollar, uning murabbiyi – 29 ming dollar, ikkinchi o‘rinni olgan sportchi – 29 ming dollar, uning shaxsiy murabbiyi – 14,6 ming dollar, uchinchi o‘rinni egallagan har bir sportchi – 17,6 ming dollar, uning shaxsiy murabbiyi esa – 8,8 ming dollar mablag‘ bilan mukofotlanadi.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da O‘zbekiston sharafini 103 nafar sportchi sportning 15ta turida himoya qiladi. Vakillarimiz yengil atletika, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, karate, taekvondo, og‘ir atletika, boks, gandbol, o‘q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, tennis, para-atletika va para-dzyudo turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashadilar.
O‘zbekiston sportchilari orasida Ivan Yefremov (og‘ir atletika), Rustam Djangabayev (og‘ir atletika), Doston Yoqubov (og‘ir atletika), Diyorbek O‘rozboyev (dzyudo), Gulnoza Matniyozova (dzyudo), Nigora Tursunqulova (taekvondo), Dmitriy Shokin (taekvondo), Nikita Rafalovich (taekvondo), Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Anastasiya Serdyukova (badiiy gimnastika), Nadiya Dusanova (yengil yetletika), Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash), Magomed Ibragimov (erkin kurash), Ixtiyor Navruzov (erkin kurash), Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi), Vadim Skorovarov (o‘q otish), Sabina Sharipova (tennis), Sadriddin Saymatov (karate), Aleksandr Svechnikov (para-atletika), Doniyor Saliyev (para-atletika) va Sevinch Salayeva (para – dzyudo) kabi qator xalqaro musobaqalar ishtirokchilari va sovrindorlari bor.
Ma'lumot uchun, turnir olimpiada o‘yinlari kabi 4 yilda bir marotaba bo‘lib o‘tadi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi. Mazkur o‘yinlarning dastlabkisi 2005 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan. Oradan to‘rt yil o‘tgach II «Islom birdamlik o‘yinlari» Eronda o‘tkazilishi kerak edi, ammo Eron va arab davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli musobaqa bekor qilingan. Hisob bo‘yicha uchinchi musobaqa 2013 yilda Indoneziyaning Pekanbaru shahrida tashkil etilgan.
O‘zbekistonlik sportchilar ilk marta Islom hamjihatlik o‘yinlarida ishtirok etadi
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025