Light | 02:29 / 12.05.2017
27406
2 daqiqa o‘qiladi

Butunjahon merosining eng sirli obekti

11 may kuni Argentinada joylashgan Los-Glasyares milliy bog‘ining tashkil etilganiga 80 yil to‘ldi. Butunjahon merosining bu obekti "muzliklarning eng chiroyli bog‘i" nomiga ega va sayyoramizdagi eng sirli joylardan biri hisoblanadi. Bog‘ maydoni And tog‘ tizmasining yonbag‘irlarida joylashgan. Bog‘ maydonniing 30 foizdan ko‘prog‘i turli o‘lchamlarga ega muzliklar bilan qoplangan va ular Janubiy Patagoniya muz qalqonini tashkil qiladi.

Bu muzliklardan eng salobatlisi 30 km lik Perito-Moreno bo‘lib, u ko‘l ustida 15 qavatli uy kabi viqor bilan turadi. Muzlikdan vaqti-vaqti bilan katta muz bo‘laklari ajraladi. Ular shovqin bilan ajralib, Arxentino ko‘li yuzasiga urilib, "bir dengiz" suv sachratadilar. Muzlikning faolligini kuzatish uchun maxsus kuzatuv maydonchasi tashkillashtirilgan. 1981 yilda ushbu milliy bog‘ YuNeSKOning Butunjahon tabiiy merosi obektlari ro‘yxatiga noyob tabiiy hudud sifatida kiritilgan.

Suratlar manbasi: Shutterstock

Mavzuga oid