Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirjalol Qosimov «Bunyodkor»dagi debyut uchrashuvdayoq uchralgan mag‘lubiyat sabablarini gapirdi
Oliy Liganing 10-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» – «Bunyodkor» uchrashuvidan (1:0) keyin «qaldirg‘ochlar» ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Sho‘rtan»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Biroq bugungi ko‘rsatgan o‘yinimiz bilan mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Uchrashuv davomida juda ko‘p golli vaziyatlar yaratdik. Biroq ularni yakunlashda mahorat va tajriba yetishmadi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq uchta yaqqol golli vaziyat yaratdik. Agar shu imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda o‘yin tamomila boshqacha kechardi.
Meni xursand qilgan jihat shu bo‘ldiki, yigitlar hakam xushtagi chalinguncha jon jahdlari bilan kurashishdi. Oldimizda «Paxtakor»ga qarshi o‘yin bor. Bugungi mag‘lubiyatni unutgan holda keyingi bahsga tayyorlanishni boshlaymiz. Jamoamizga g‘oliblik ruhini qaytarishimiz kerak.
Maqsadimiz OChLga beriladigan yo‘llanmalarning birini band etish. Bu kubok bahsi bo‘ladimi yoki chempionatmi, buni farqi yo‘q. Eng muhimi yo‘llanmaning biriga ega chiqish», - deya Qosimovning so‘zlarini keltiradi «Bunyodkor» rasmiy sayti.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024