Jahon | 19:04 / 12.05.2017
4817
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistondagi terakt qurbonlari soni ortdi

© AFP

Pokistonning Belujiston viloyati hududida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 25 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Geo TV telekanali xabar berdi.

Portlash bugun Mastung okrugi hududida sodir etildi. Xudkush terrorchi Pokiston parlamenti yuqori palatasi raisi o‘rinbosari Abdul G‘ofur Haydariy kortejiga hujum qilgan. Haydariy ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilgan, terakt oqibatida jami 35 kishi jarohatlangan.

Haydariyning o‘zi jarohati jiddiy emasligi haqida ma'lum qilgan.

OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, u o‘z mashinasida bo‘lmagani uchun halokatdan qutilib qolgan.

Ushbu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid