Bir kishining ahmoqligi uch kishining hayotini izdan chiqarib yubordi
Buyuk Britaniyada mototsikl haydovchisining o‘ylamay qilgan harakatlari 3 kishining hayotdagi rejalarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Dahshatli motofalokatda mototsiklchi ortida o‘tirgan 16 yoshli qiz o‘ng qo‘lini yo‘qotish emas, balki hayotidan ajralishi mumkin edi. Axir mototsikl soatiga 282 km tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.
16 yoshli qiz dahshatli jarohatlar olib ikki hafta komada yotgan. Bundan tashqari, bir yil mobaynida kamida 30 marotaba jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.
29 yoshli Adam Wilde o‘zining Suzuki 1300cc mototsiklida nimalarga qodirligini namoyish etishni haddan ortiq istagani fojia bilan tugadi. O‘tgan yilning 7 may kuni u 7 mototsiklchi va 9 kishi bilan hunarini ko‘rsatishga uringani 3 kishining qo‘rqinchli jarohatlar olishi bilan yakunlandi.
Motosiklchilardan birining xavfsizlik bosh kiyimiga o‘rnatilgan kamera tasvirlarida ko‘rish mumkinki, 16 yoshli Georgina bilan mototsiklida turli xil xavfli tryuklarni bajargan Wilde halokatdan avval soatiga 282 km tezlikda harakatlangan.
Hodisani o‘rgangan tergovchining so‘zlariga ko‘ra, Wilde boshqa bir transport vositasini quvib o‘tishga uringan chog‘da yo‘l chetida 125ss Aprilia mototsiklini boshqarib ketayotgan Kieron Kimber bilan to‘qnashib ketgani YTHga sabab bo‘lgan.
Kimber mototsiklidan uchib ketgan, ortda kelayotgan Jonathan Attree mototsikli bilan uni yana urib ketgan va o‘zi ham qulagan.
Attree falokatda qo‘lini sindirib olgan bo‘lsa, 24 yoshli Kimber o‘ng oyog‘ining pastki qismi singanidan aziyat chekdi. Bundan tashqari, uning qo‘li singan, jigari va buyragi yorilib ketgan, barmog‘i sinib, tovoni zararlangan.
Georgina'ning o‘ng qo‘li esa deyarli uzilib tushayozgan edi. U shifoxonaga olib borilganida, shifokorlar boshqa tan jarohatlaridan tashqari bosh miyasining ikki qismiga qon quyilganini aniqlashgan.
Ekspertlarga ko‘ra, qiz mototsikldan otilib ketgach, yo‘l uzra soatiga 100 km tezlikda 52 metrga dumalab ketgan.
Shunga ko‘ra, Kun.uz sayti ham Toshkent shahrida mototsikl shinavandalari ko‘payib borayotganini e'tiborga olib, ularni xavfsizlikni hamda ularni uylarida oilalari va yaqinlari kutayotganini yoddan chiqarmaslikni tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
14:28 / 16.11.2024
Buyuk Britaniyada firibgarlarni aldovchi “neyron buvi” ishga tushirildi
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024