Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning yangi prezidenti parlament saylovlariga hozirlik ko‘ra boshladi
"MoDem" va Makron partiyasi parlament saylovlarida hamkorlik qiladi. Fransiyaning "Demokratik harakati" (MoDem) yetakchisi Fransua Bayru yangi saylangan prezident Emmanuel Makron partiyasi bilan iyun oyidagi parlament saylovlariga nomzodlar xususida kelishib olganini ma'lum qildi. Bu hayda Reyter agentligi xabar qilmoqda.
"Fikrimcha, biz olg‘a qadam tashladik va yagona hamda ijobiy kelishuvlarga erishdik", — deya Bayru so‘zlarini keltirgan agentlik. Bunda kelishuvni takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
"Marshda" va "MoDem" siyosiy harakatlari nomzodlar borasida ziddiyatlarga bormaslik maqsadida kun davomida muzokaralar olib borgan.
"Marshda" iyun oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida ilgari suradigan nomzodlarining ilk ro‘yxatini taqdim etgan. Harakat bosh kotibi Rishar Ferranning matbuot anjumanida aytishicha, ilk ro‘yxatga 428 kishi kiritilgan, unda ayol va erkak nomzodlar soni teng taqsimlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 52 foiz nomzodlar uchun siyosat yangi mashg‘ulotdir. Chunki, ular shu paytga qadar saylovlarda nomzodini qo‘ymagan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025