Jamiyat | 23:57 / 14.05.2017
10157
1 daqiqa o‘qiladi

101 yoshli britaniyalik farzandlari va nabira-abiralari bilan birga parashyutda sakradi

Foto: The Mirror

Ikkinchi jahon urushi faxriysi, 101 yoshli britaniyalik Verdun Xayyes 4,5 ming metr balandlikdan farzandlari, nabira-abiralari va shaxsiy shifokori bilan birga parashyutda sakradi, deb xabar bermoqda The Mirror nashri. 

Sakrashdan keyin beva qariya anchadan beri o‘zini bunchalik ajoyib his qilmaganini aytdi. U erkin parvozda 2 daqiqacha bo‘lib, jahon rekordini yangiladi. Xayyes sakrashni amalga oshirganda yoshi 101 yil 37 kun bo‘lgan. Xayyes avvalgi rekordchining yoshidan 34 kunga kattaroq yoshda sakrashga muvaffaq bo‘ldi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid