Sport | 00:20 / 14.05.2017
4610
2 daqiqa o‘qiladi

A seriya. «Latsio» YeChL uchun kurashni to‘xtatdi

Italiya A seriyasining 36-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Rimning «Latsio» klubi «Fiorentina» mehmoni bo‘ldi.

«Latsio»ga bu YeChL yo‘llanmasi uchun kurashishdagi so‘nggi imkoniyat edi. Jamoa shu yo‘lda hisobni ochishiga qaramasdan, keyinchalik uchta to‘p o‘tkazib yubordi. Keyinchalik Murjiyaning goli evaziga farq qisqargan bo‘lsada, bu mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo‘lmadi.

Natijada «Latsio» 36 uchrashuvdan keyin 70 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi va 3-o‘rinda borayotgan «Napoli» bilan 7 ochkolik farqni qisqartira olmadi. «Fiorentina» esa ochkolari sonini 59taga yetkazib yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi.

Italiya A seriyasi, 36-tur

Fiorentina – Latsio 3:2 (0:0)
Gollar:
El-Babakar (67), Kalinich (73), Lombardi (76, avtogol) – Keyta (55), Murjia (81).
Fiorentina: Teterushanu, De Meo, Tomovich, Astori, Olivera (Sanches, 65), Kristoforo, Keza (Telo, 65), Valero, Vesino, Bernardeski, El-Babakar.
Latsio: Strakosha, Gabarron, Radu, Bashtush, Lukaku (Lombardi, 49), Luis Alberto, Murjia, Keyta (Immobile, 71), Parolo, Hudt, Djordjyevich (Felipe Anderson, 71).
Ogohlantirishlar: Parolo (26), Astori (26), Radu (64), Valero (90), Hudt (90).

Mavzuga oid