Fan-texnika | 19:14 / 14.05.2017
5339
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yirik AT-kompaniyalari daromadi nimadan?

Visual Capitalist loyihasi dunyoning eng yirik besh AT-kompaniyasi - Apple, Google, Microsoft, Amazon va Facebook'ning 2016 yilgi daromadiga doir ma'lumotlarni bir infografikada jamladi va bu summaning qaysi qismi ma'lum bir mahsulotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib berdi. 

Masalan, infografikaga ko‘ra, Apple o‘z daromadining aksariyat qismini iPhone sotuvidan oladi. Google va  Facebook esa - reklama sotuvidan. 

Amazon asosan savdo-sotiqdan daromad oladi, Microsoft'ning esa muayyan bir mahsuloti ustunlik qilmaydi: kompaniya daromadining taxminan yarmi Office ilovalari va Windows Server hamda Azure loyihalariga to‘g‘ri keladi. 

 Foto: visualcapitalist

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid