Sport | 20:15 / 14.05.2017
3528
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «Vest Hem»ga 4ta gol urdi va to‘rtlikda qolish imkoniyatini keskin yaxshiladi

Foto: twitter.com/@Squawka

Angliya chempionatining 37-turida «Vest Hem Yunayted» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qildi. «Olimpiyskiy» stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar jamoasi 4:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

Mersisaydliklar jamoasi safida Filippe Koutino dubl qayd etdi, yana ikki gol Daniyel Starrij hamda Divok Oriji tomonidan urildi.

Endilikda Yurgen Klopp shogirdlari ochkolari sonini 73taga yetkazdi va turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. To‘rtinchi o‘rinda 72 ochkosi bilan «Manchester Siti» qolmoqda (manchesterliklar hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud). Beshinchi o‘rinda esa yana ikkita uchrashuv o‘tkazadigan «Arsenal» 69 ochko bilan joylashgan. 

Angliya premer-ligasi, 37-tur

Vest Hem – Liverpul 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 35 Starrij, 0:2 – 57 Koutino, 0:3 – 61 Koutino, 0:4 – 76 Oriji.
Vest Hem – Adrian, Rid, Kollinz, Kressuell, Fonte (Fletcher, 55), Lansini, Fernandesh, Ayyu (Snodgrass, 77), Nordtveyt, Bayrem, Kaleri (Feguli, 55).
Liverpul – Minole, Lovren, Matip, Klayn, Lallana (Gruyich, 89), Milner, Veynaldum, Jan, Koutino (Vudbern, 89), Oriji, Starrij (Leyva, 87).
Ogohlantirishlar: Fernandesh (50), Kollinz (63).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid