Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olland mamlakatni besh yil avvalgi holatidan yaxshiroq holatda qoldirayotganini ta'kidladi
Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland prezidentlik lavozimini tark etar ekan, mamlakatni besh yil avval qabul qilgan vaqtidan yaxshiroq holatda qoldirayotganini ta'kidladi. U Twitter mikrobloglari tarmog‘ida shunday bayonot bilan chiqdi.
Olland Fransiyani boshqarish - ulkan mas'uliyat ekani, zero butun dunyo respublikaga "erkinlik va taraqqiyot mamlakati" sifatida qarashini aytib o‘tdi. Sobiq prezident mamlakat qator inqirozlarni boshdan kechirgani, lekin shunga qaramay, "yaxshi saqlangani" va Fransiyaligicha qolganini ta'kidladi.
Ollandning so‘zlariga ko‘ra, u o‘zining prezidentlik davrida har doim birinchi navbatda yoshlarga e'tibor qaratgan va aynan shunday bo‘lishi kerak.
Hukumatning Fransua Ollanddan Emmanuel Makronga topshirish marosimi 14 may, yakshanba kuni ertalab Yelisey saroyida bo‘lib o‘tdi. Taxminan bir soat davom etgan muzokaralardan keyin Olland davlat rahbari qarorgohini tark etdi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025