Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U chegara bilmaydi» - Sobiq bosh vazir Makronni yaramas odam deb atadi
Fransiyaning sobiq bosh vaziri Manuel Vals Journal du Dimanche uchun bergan intervyusida mamlakatning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makronni yaramas odam deb atadi.
«Men Makron va uning jamoasini xolis baholay olaman. Olland — pastkash odam, ammo u muayyan chegaralardan chiqmaydi. Makron — undan ham pastkashroq, uning uchun hech qanday chegara yo‘q», — degan Vals.
Shu bilan birgalikda u Makronga prezidentlik faoliyatida zafar tilagan.
U Makronni Napoleon Bonapartga qiyoslagan va u saylovoldi dasturi tufayli emas, siyosat bilan shug‘ullangani tufayli g‘alaba qozongani haqida aytgan.
«Bu yoshlik va an'analar qorishmasidir. Bu yaxshi, bonapartizmning yomon tomoni yo‘q. Men Fransiyaga qat'iylik yetishmaganini bilaman, Fransua Olland siyosat bilan shug‘ullanishni unutib qo‘ygandi. Makron saylovda o‘z saylovoldi dasturi evaziga emas, siyosat bilan shug‘ullanayotgani uchun g‘alaba qildi», degan Vals.
Bundan oldinroq Emmanuel Makronning «Marshga!» harakati parlament saylovlari uchun 428 nomzodini e'lon qilgan, ular orasida ayol-toreador, matematik, uchuvchi va taniqli korrupsiyaga qarshi kurashuvchi bor edi.
Mavzuga oid
00:18 / 18.11.2022
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi
13:48 / 04.05.2022
Makron va Putin ikki soat davomida telefonda gaplashdi
07:45 / 11.04.2022
Fransiyadagi saylov natijalari ma’lum: Ikkinchi turga Makron va Le Pen o‘tdi
15:31 / 10.04.2022