Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy 22 mlrd dollardan ko‘proq umumiy qiymatga ega 100 dan ortiq hujjat imzoladi
O‘zbekiston va Xitoy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga ilk davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 22 mlrd dollardan oshadigan 105 ta hujjatni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev ma'lum qildi.
Ahmadxo‘jayevning ta'kidlashicha, O‘zbekiston va Xitoy energetika, nasos stansiyalarini modernizatsiyalash, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz, kimyo, transport kommunikatsiyasi va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish sohalarida hamkorlik qiladi.

Ahmadxo‘jayevning aytishicha, Xitoyning ishbilarmonlik doiralari O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirishmoqda. Uning ta'kidlashicha, Xitoy kompaniyalari O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyorlar.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025