Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekneftgaz" va Xitoy 5 mlrd dollarlik shartnomalar imzoladi
"O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi 10 ta shartnoma imzoladi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" boshqaruv raisi Alisher Sultonov ma'lum qildi.
Sultonovning ta'kidlashicha, muhim hujjatlardan biri o‘zbek gazini Xitoyga eksport qilish bo‘yicha 3 yillik shartnoma bo‘ldi. Sultonov shartnoma summasi va eksport qilinadigan gaz hajmini keltirib o‘tmadi.
Sultonovning aytishicha, Xitoy Davlat taraqqiyot banki bilan 1,2 mlrd dollarlik kredit kelishuvi imzolandi. Ushbu kredit mablag‘lari Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida gazni suyultirib beruvchi zavod qurilishiga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, Milliy xolding kompaniyasi Xitoy kompaniyasi bilan biogaz qurilmalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025