Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy yaqin 5 yilda 8 trln dollarlik mahsulotni import qiladi
Xitoyda o‘z ishini davom ettirayotgan "Bir makon, bir yo‘l" Forumi doirasida 20dan ortiq mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning iqtisod-moliya sektori vakillari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda savdoni rivojlantirishga ko‘mak berish, ayrim mamlakatlarning loyihalarini moliyaviy integratsiyasi, o‘zaro sarmoyalar hamda barqaror taraqqiyot masalalari muhokama qilindi.
Unda so‘zga chiqan XXR tijorat vaziri Chjun Shanning qayd etishicha, Xitoyning o‘sish sur'atlari dunyo mamlakatlariga keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. “Taxminlarga ko‘ra, yaqin 5 yilda Xitoy import qiladigan mahsulotlar 8 trln dollardan oshib ketadi. Undan 2 trln dollari "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasiga to‘g‘ri keladi.
Xitoyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalari 750 mlrd dollardan oshadi. Xitoylik sayyohlar bu davr ichida 500 mln kishidan ortishi kutilmoqda. Bu butun dunyo uchun ulkan savdo imkoniyatlarini ochadi”, - degan Chjun Shan.
Shu bilan birga, vazirning aytishicha, Xitoy bu boradagi harakatlarini kuchaytirish niyatida. Xususan, 2018 yildan boshlab Xitoyda har yili ushbu mamlakat import qiladigan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etiladi. Bu yarmarka nafaqat dunyo mamlakatlari uchun savdo imkoniyat bo‘ladi, balki dunyodagi eng yirik savdo platformasi bo‘ladi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 30dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik kelishuvlarini imzolaydi hamda 100ta loyihani amalga oshirishni boshlaydi. Bu loyihalar savdoning rivojlanishiga ijobiy hissasini qo‘shadi. Forum mavzularidan biri – Yevroosiyo integratsiyasini Xitoyning "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi bilan jipslashtirishdir.
"Bir makon, bir yo‘l" Forumi doirasida 20dan ortiq mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning iqtisodiy sektori vakillari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda savdoni rivojlantirishga ko‘mak berish, o‘zaro sarmoyalar hamda barqaror taraqqiyot masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025