Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi Trampga tegishli golf maydonida unga qarshi fleshmob uyushtirildi
AQShdagi "Yagona San-Pedro" jamoatchilik uyushmasi 14 may kuni AQSh prezidenti Donald Trampni o‘z soliq deklaratsiyasini oshkor qilishga chaqiruvchi fleshmob o‘tkazdi. Aktsiya Kaliforniya shtatidagi Rancho-Palos-Verdesda joylashgan Trampga tegishli golf maydonida o‘tdi.
15 daqiqa ichida fleshmobning 200 ga yaqin ishtirokchisi chim ustiga yotib, o‘z tanalari bilan "RESIST!" ("Qarshilik ko‘rsat!) so‘zini tashkil qilishdi. Aktsiya oxirida esa ular AQShning "Tangri, Amerikani saqla" madhiyasini ijro etishdi.
"O‘z tanang bilan "Soliqlaringni oshkor qil" degan yozuvni tashkil etish qiyinroq masala. Bundan tashqari, biz shunchaki o‘z vatanimizga muhabbatimizni izhor qilmoqchi edik", deb aytdi Los Angeles Times nashriga aksiya ishtirokchilaridan biri, sobiq jurnalist Piter Makuorren.
"Yagona San-Pedro" tashkiloti Tramp inauguratsiyasidan keyin paydo bo‘lgan. Harakat Tramp saylov shtabining Rossiya bilan til biriktirgani izlarini aniqlash uchun mustaqil prokuror belgilanishini talab qilib keladi.
Mavzuga oid
21:32 / 27.05.2025
Olimlar yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.01.2025
Kaliforniyada AQSh tarkibidan ajralib chiqish tarafdorlari imzo to‘play boshladi
18:54 / 17.01.2025
Kaliforniyada dunyodagi eng yirik akkumulyator zavodlaridan birida yong‘in chiqdi
16:37 / 16.01.2025