Toshkent davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Sadritdin Maxamatdinovich Turobjonov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumot universitet rasmiy saytida berilgan.
U bu lavozimda TDTUni 2016 yildan beri boshqarib kelgan Rizayev Farhod Hamidullayevichni almashtirdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, 52 yoshli texnika fanlari doktori, professor Sadritdin Turobjonov avval Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti rektori sifatida ishlagan. 1996 yildan 2003 yilga qadar aynan Toshkent Davlat texnika universitetining o‘quv ishlari buyicha prorektor lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

22:57 / 05.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

12:48 / 04.10.2024
Antikorrupsiya agentligi tadbirkor rektor ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi

21:01 / 08.05.2024