Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Eron bilan chegarada devor quradi
Tehron Turkiyaning Eron bilan chegarada devor qurish bo‘yicha tashabbusini ma'qullaydi, u ikki davlatning chegara xavfsizligini ta'minlaydi. Bu haqda Eron TIV vakili Bahrom Qosimiy Tehrondagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Tehron Anqaraning ikki davlat chegarasida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan istalgan tashabbusini ma'qullaydi», - degan Qosimiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hukumati Tehronni devor qurilishi haqida xabardor etgan, u chegaraning turk tomonida bino etiladi.
TIV vakili Turkiya hukumati bilan bu masala bo‘yicha yanada kengroq muloqotga umid qilishini ta'kidlab o‘tgan.
Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishik ham o‘tgan hafta jurnalistlarga Eron bilan chegarada devor qurilishi haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Eronga qarshi qaratilmagan va chegara yaqinidagi hududda yashovchi aholi xavfsizligini ta'minlash uchun kerak.
Turkiyaning uy-joy qurilishini rivojlantirish bo‘yicha vazirligi rahbari Ergun Turonning xabar qilishicha, devorning 144 kilometrlik qismini qurish uchun tender yakunlangan. Uning aytishicha, qurilish joriy yilda boshlanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025