Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bebetoning 1994 yilgi JCh vaqtida tug‘ilgan o‘g‘li «Sporting» bilan shartnoma imzoladi
«Eshtoril» jamoasi yarim himoyachisi Mateus de Andrade Gama Oliveyra Lissabonning «Sporting» klubi a'zosiga aylandi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Portugaliya Primeyrasida bu mavsumda uchinchi o‘rinni egallagan jamoaning yangi a'zosi braziliyalik mashhur futbolchi Bebetoning o‘g‘li hisoblanadi. U 1994 yilgi jahon chempionati o‘tayotgan vaqtda tug‘ilgan, Bebeto Niderlandiyaga qarshi o‘yin vaqtida urgan golini shu o‘g‘liga bag‘ishlagan va chaqaloqni allalashni ifodalovchi bu nishonlash uslubi mashhurlashgandi.
Ayni vaqtda 22 yoshda bo‘lgan Oliveyra bilan 2022 yilga qadar shartnoma tuzilgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, «Sporting» uning transferi uchun «Eshtoril»ga 2 mln yevro to‘lagan. Lissabonliklar klubi uning badal puli miqdorini 60 mln yevro etib belgilab qo‘ygan.
O #SportingCP informa que chegou a acordo com o @estorilpraiasad para a transferência de Mattheus Oliveira. https://t.co/RMvyWAEtEP pic.twitter.com/rXvTSW7WGJ
— Sporting CP (@Sporting_CP) May 15, 2017
Matteus ismi boshqa bir mashhur futbolchi Lotter Matteus sharafiga qo‘yilgan bo‘lib, u futbolchilik faoliyatini «Flamengo»da boshlagan, 2012 yilda «Eshtoril» safiga kelib qo‘shilgandi.
Portugaliya chempionatining 2016/17 yilgi mavsumida Mateus de Oliveyra 26 uchrashuvda maydonga tushgan va 2 gol urgan.
Mavzuga oid
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
03:00 / 10.03.2022
YeChL. «Real» Benzemaning het-trigi evaziga «PSJ»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Siti» ham chorakfinalda
03:02 / 16.02.2022
YeChL. Mbappening 90+4-daqiqadagi goli «PSJ»ga «Real» ustidan g‘alaba keltirdi, «Manchester Siti» Portugaliyada 5ta gol urdi
15:23 / 08.10.2019