Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes: Timur Bekmambetov Rossiyaning eng omadli rejissyori deb topildi
Rejissyor Timur Bekmambetov Forbes jurnali tomonidan tuzilgan Rossiyaning eng muvaffaqiyatli ijod qiluvchi tijoriy filmlar rejissyorlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Mazkur ro‘yxatdan jami 20 nafar kinorejissyor o‘rin olgan.
Jurnalning kinematografiyaga oid ilk reytingiga sarf qilingan mablag‘larga nisbatan daromadi ancha ko‘p bo‘lgan filmlar rejissyorlari kiritildi. Reyting asosi - umumiy moliyaviy natija - kartinalar byudjyeti va ulardan tushgan mablag‘ o‘rtasidagi ijobiy tafovut. Reyting tuzishda Rossiyaning 2000 yildan beri suratga olingan barcha filmlariga oid ma'lumotlar o‘rganib chiqildi.

Unga ko‘ra, Timur Bekmambetovning natijasi 430 million dollarni tashkil etgan, uning "O‘ta xavfli" filmi eng omadli kartina deb topildi.
Shuningdek top-5 reytingidan Levan Gabriadze (79,3 million dollar, tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli film - "Do‘stlar qatoridan o‘chirilsin"), Fyodor Bondarchuk (69 million dollar, "Stalingrad"), Nikolay Lebedev (63,6 million dollar, "Kulrang itlar avlodidan bo‘lgan bo‘ribosar") va Dmitriy Dyachenko (45,8 million dollar, "Erkaklar yana nima haqida so‘zlaydi?") o‘rin olishdi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025