Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Facebook'ni 150 ming yevrolik jarimaga tortdi
Fransiyaning Axborot texnologiyalari va erkinlik bo‘yicha milliy komissiyasi (Commission nationale de l'informatique et des libertes, CNIL) Facebook'ga 150 ming yevrolik jarima solinishi haqida ma'lum qildi. Bu haqida rasmiy hujjatlarga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
CNIL bayonotiga ko‘ra, 2015 yilda Fransiya hukumati Facebook'ga mahalliy qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida xabar bergan va "joylarda hamda onlayn tarzda" ijtimoiy tarmoq rahbariyati faoliyatini kuzata boshlagan.
Bir necha oy davomida fransuz nazoratchisi ma'lumotlar muhofazasiga oid ko‘p sonli qonunbuzarliklarni aniqlagan va 2016 yilning yanvarida Facebook'ga aprel oyiga (2016 y.) qadar nomuvofiqliklarni to‘g‘irlashni taklif qilgan.
Natijada Amerika kompaniyasining fransuz qonunchiligini buzish holatlarini to‘g‘irlash muddati bir necha bor orqaga surilgan. Shunga qaramay, Facebook kompaniyasi CNIL tavsiyasiga amal qilishdan bosh tortgan. Shu munosabat bilan nazoratchi Amerika kompaniyasini 150 ming yevroga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025