Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida oliy darajadagi qo‘mita tuzildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifi vaqtida XXR raisi Si Jinpingni o‘z yurtiga rasmiy davlat tashrifi bilan kelishga taklif etgan. Xitoy rahbari taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
«Tashrifning eng muhim natijalaridan biri O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida oliy darajadagi hamkorlik qo‘mitasi tuzish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘ldi. Bu bilan ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni tizimli rivojlantirish uchun ishonchli institutsional asos yaratiladi», – deyilgan xabarda.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Pekinda davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi 100dan ortiq hujjat imzolandi. Erishilgan kelishuvlar doirasida ko‘plab salmoqli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ularning qiymati 23 milliard dollardan oshadi.
Mavzuga oid
13:59 / 24.05.2025
Mers Sini Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishga chaqirdi
16:53 / 09.05.2025
Putin va Si Jinping «Ukraina inqirozi»ni muhokama qildi
16:13 / 05.05.2025
Savdo urushidan ham jiddiyroq: Xitoy katta sinov qarshisida
11:29 / 05.05.2025