Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston sharqida teleradiokompaniyaga hujum uyushtirildi
Afg‘oniston sharqida joylashgan Jalolobod shahrida jangarilar teleradiokompaniyaga hujum qildi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, hujum Nangarhar viloyati markazida amalga oshirilgan.
Guvohlar teleradiokompaniya atrofida otishma davom etayotganini ma'lum qilishgan. Ushbu teleradiokompaniya binosi viloyat gubernatori uyi yaqinida joylashgan.
Hozircha bu hujum qaysi guruh tomonidan amalga oshirilgani ma'lum emas. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ham hozircha aniq ma'lumot berilmadi.
28 aprel kuni «Tolibon» bahorgi hujumlarni boshlagani haqida e'lon qilgandi. Tolibonlar «xorijiy kuchlar va ularning ichkaridagi yollanma kuchlariga qarshi» urush olib borishni va'da qilishgan.
Mavzuga oid
17:07 / 18.10.2021
Afg‘onistonning Jalolobod shahrida portlash sodir bo‘ldi
20:53 / 20.09.2021
Afg‘onistonning Jalolobod shahridagi portlashlarda gumon qilinib 40 kishi hibsga olindi
19:26 / 06.09.2021
Jalolobodda toliblar o‘g‘rilikda ayblangan erkakni shahar bo‘ylab sazoyi qildi
00:15 / 15.08.2021