Boku-2017. Og‘ir atletikachilar yana bir oltin va bitta kumush oldi
Bugun, 17 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning oltinchi kungi musobaqalari davom etdi.
Bugungi bahslarda o‘zbekistonlik 3 nafar og‘ir atletikachi o‘z ishtirokini o‘tkazdi.
-105 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan og‘ir atletikachi Ivan Yefremov sovrindorlar orasidan joy egalladi. U uchinchi natijani (380) qayd etdi va bronza medali bilan taqdirlandi. Turnirning oltin va kumush medallari mos ravishda eronlik va iroqlik sportchilar Barori Muhammadrizo (395) hamda Salvon Alayfuriyga (391) nasib etdi.
+105 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan og‘ir atletikachi Rustam Jangabayev dast va siltab ko‘tarishda eng yaxshi natijani ko‘rsatib (431), oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni eronlik Humoyun Teymuryan (414) va Ramin Rabifaradonbeh (399) egalladi.
O‘zbekistonning uchinchi vakili, 90 kg vazn toifasidagi Dolera Davronova to‘rtinchi o‘rinni (202) egalladi. Bu vazn toifasida sovrindorlar misrlik Dina Barokat (224), kamerunlik Klementina (223) Albertin Flore (207) bo‘lishdi.
Boku—2017. O‘zbekistonlik ikki bokschi finalga chiqdi, yana ikki nafari yarim final jangi arafasida
Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 8ta, kumush 9ta va bronza 19tani tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
15:22 / 21.11.2024
Bokudagi COP29: iqlim o‘zgarishiga moslashish xarajatlarini kim to‘laydi?
20:10 / 12.11.2024
Ziroat Mirziyoyeva Bokuda yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
12:50 / 22.07.2024
Boku: Rossiyadan gazning Ukraina orqali keyingi tranziti davom etishi mumkin
20:31 / 20.03.2024