Sport | 11:54 / 17.05.2017
11610
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA eng yaxshi futbolchi uchun mukofot topshirish reglamentini o‘zgartiradi

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiradigan mukofoti reglamentini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, tashkilot keyingi yillarda mukofotni futbolchining yil davomidagi harakatlariga qarab emas, mavsumdagi o‘yinlari uchun topshirishni joriy etadi (may oyida). «The Best» mukofotini topshirish marosimining navbatdagisi 23 oktabr kuniga belgilangan.

FIFA yil yakunida France Football tomonidan yil davomidagi o‘yinlar uchun topshiriladigan «Oltin to‘p» marosimidan farqlanmoqchi.

2010 yildan 2015 yilga qadar «Oltin to‘p» FIFA va France Football tomonidan birgalikda topshirilardi. Unda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari ovoz berib kelardi.

2016 yilgi mavsumga kelib esa Fransiya agentligi alohida ajralib chiqdi, FIFA esa o‘z sovriniga asos soldi.

France Football jahonning yetakchi nashrlari hamda jurnalistlari yordamida g‘olibni aniqlaydi. Jurnal 2016 yilda mukofotni Krishtianu Ronalduga topshirdi.

FIFA g‘olibni aniqlashda terma jamoa murabbiylari va sardorlarining ovoziga suyanishda davom etadi. FIFA 2016 yilning eng yaxshisi uchun mukofotni «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga topshirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid