Jamiyat | 11:43 / 17.05.2017
22191
1 daqiqa o‘qiladi

Tish kasalliklarining yangi sababi topildi

Foto: Getty Images

Amerikalik tibbiyot xodimlarining ko‘rsatishicha, ortiqcha vazn og‘iz bo‘shlig‘i, jumladan, tishlar kasalligi rivojiga turtki beradi. Bu boradagi tadqiqot Oral Diseases jurnalida taqdim etildi, u haqda qisqacha esa EurekAlert! xabar bermoqda.

Olimlar tish shifokorlarining tana massasi normal va ortiqcha bo‘lgan 160 bemorini kuzatib borishdi. Tana massasi indeksi 23 dan ko‘p bo‘lgan kishilarda odatiy tana massasiga ega bo‘lganlardan farqli ravishda, ancha og‘irroq periodontit rivojlangan.

Indeksi 25 dan ko‘p bo‘lganlar esa, parodontitga olti bora ko‘proq chalinishi mumkin ekan.

Olimlarning ta'kidlashicha, semizlik aftidan, og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonlariga olib keladi.

Ma'lumot uchun, tana massasi indeksi tana massasining tana uzunligi kvadratiga (metrda) nisbatan aniqlanadi. 

Mavzuga oid