Sport | 17:15 / 18.05.2017
4020
1 daqiqa o‘qiladi

APLda futbolchilar simulyatsiya uchun diskvalifikatsiya qilinadi

Foto: AFP

Angliya futbol uyushmasi keyingi mavsumdan simulyatsiya qilgan futbolchilarga diskvalifikatsiya joriy etishni rejalashtirmoqda.

18 may kuni funktsionerlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shu yig‘ilishda ushbu loyiha ma'qullanishi kutilmoqda. Shundan so‘ng, loyihani premer-liga va futbol ligasi, quyi divizionlar vakillari tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

BBC xabarida aytilishicha, barcha ligalar bu qadamni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, bahsli vaziyatlarni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ladigan ekspertlar simulyatsiyalarni qayd etib, jazo belgilaydi.

2011 yilda shunday qoidalar Shotlandiyada kuchga kirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid