Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Tramp Fors ko‘rfazi mamlakatlarini NATO kabi alyans tuzishga chaqirish niyatida
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ilk xorijiy safari chog‘ida Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Yaqin Sharqda NATOga o‘xshash tashkilot tuzishga chaqirish niyatida. Bu haqda Reuters agentligi Vashington ma'muriyatidagi manbasiga asoslangan holda xabar qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp "Saudiya Arabistoniga uyushtiradigan tashrifida Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Yaqin Sharqda NATOga o‘xshash kuchni tashkil etishga chaqiradi".
Avvalroq, Oq uy ma'muriyati mamlakat prezidentining 21-27 may kunlari o‘zining ilk xorijiy safariga chiqishini, uning doirasida Saudiya Arabistoni, Isroil, Italiya, Vatikan va Belgiyaga tashrif buyurishini ma'lum qilgan edi. Bundan tashqari, Tramp G7 va NATO sammitlarida ham ishtirok etadi. NATO sammiti 25 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025