Jahon | 16:10 / 18.05.2017
9177
2 daqiqa o‘qiladi

Shumaxerning ayoliga farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qilindi

Foto: AFP

Tovlamachi "Formula-1"ning yetti karra chempioni Mixael Shumaxerning turmush o‘rtog‘iga farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qilib, 900 ming yevro talab qildi. Bild shu haqda xabar berdi.

Gap shundaki, 2016 yilning fevralida noma'lum kimsa Korinna Shumaxerning elektron manziliga xabar yo‘llagan. U o‘zining birinchi xatida "Agar 2016 yilning 31 martgacha pullarni olmasak, qanday bo‘lmasin, farzandlaring o‘ldiriladi", deb yozgan. 

O‘sha payt Shumaxerlarning o‘g‘li Mik "Formula-4" poygalar seriyasida ishtirok etayotgan edi. Avtopoygachi oilasida yana bir farzand - Jina-Mariya ham bor.

Korinna Shumaxer politsiyaga murojaat qildi. Jinoyatchi elektron pochtada qoldirilgan bank hisob raqami orqali aniqlandi. 25 yoshli gumondor sudda o‘z aybiga iqror bo‘ldi, lekin bunday qilishga uni nima majbur qilganiga izoh bera olmadi. 

Mashhur poygachi Mixael Shumaxer 2013 yilning oxirida Fransiyaning Meribelida tog‘ chang‘ilarida uchish vaqtida jiddiy jarohat olgan. U bosh miya jarohati va miyaning ikki yarim sharidagi ko‘plab jarohatlardan aziyat chekadi. 2014 yilning sentabridan buyon u Jyeneva ko‘li qirg‘og‘idagi villada qayta tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Shumaxerning salomatligi haqidagi ma'lumotlar juda kam va bu xabarlar ba'zan bir-biriga zid.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid