Sport | 19:55 / 19.05.2017
5383
1 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga kuchli beshlik ichida birinchi bo‘lib hakamlik borasida yangilik joriy qiladi

Kelgusi mavsumdan Germaniya bundesligasi uchrashuvlarida Bibiana Shtaynhaus ham bosh hakam sifatida ishlaydi. Bu haqda Nemis futbol Ittifoqi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 38 yoshli Hannover politsiyasi xodimi bundesliga tarixida uchrashuvni boshqargan ilk ayol referi bo‘ladi.

Shtaynxausdan tashqari chempionatda yangi hakam sifatida Martin Petersen, Sven Yablonski va Soren Shtorkslar nomi ham qayd etilgan. Ular Volfgang Shtark, Gyunter Perl va Yoxen Dreyesning o‘rnini egallashi. Natijada bundesliga uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar soni 23tadan 24taga oshiriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid