Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endilikda O‘zbekiston armiyasida xizmat qilish haqida ma'lumotni internetdan topish mumkin
Ziyonet milliy ta'lim portalida yangi bo‘lim paydo bo‘ldi. Endilikda fuqarolar bu yerda O‘zbekiston armiyasida xizmat qilish haqida batafsil ma'lumotni olishlari mumkin.
“Armiya va yoshlar” bo‘limida O‘zbekiston Qurolli kuchlari haqida qiziqarli ma'lumotlar joylashtirilgan. Foydalanuvchilar Qurolli kuchlar tashkil topishi tarixini bilib olishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda armiyada xizmat qilish turlari haqida muhim ma'lumotlar bor. O‘z hayotini harbiy ish bilan bog‘lashga qaror qilganlar uchun esa, tegishli yo‘nalishda ta'lim olish mumkin bo‘lgan o‘quv muassasalari ro‘yxati berilgan.
Eslatib o‘tamiz, tinch davrda oddiy askar va serjant tarkibiga muddatli harbiy xizmat, shuningdek safarbarlik chaqiruv zaxirasida xizmat uchun sog‘lig‘i nuqtai nazaridan Qurolli kuchlarda harbiy xizmat o‘tashga yaroqli bo‘lgan o‘n sakkizdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan yigitlar chaqiriladi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
01:15 / 01.05.2025
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
17:52 / 19.04.2025
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi
18:26 / 26.03.2025