Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Ronaldu o‘yin vaqtida «Selta» futbolchilarini chamadonda pora olishda ayblagan
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati doirasida «Selta»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobida yakunlangan uchrashuv vaqtida raqibni pora olishda ayblagan.
Kamera epizodlarning birida portugaliyalik futbolchi galisiyaliklar himoyachisi Gustavo Kabralga murojaat qilganini payqagan.
32 yoshli futbolchi avvaliga qo‘llari bilan chamadonni tasvirlagan, keyin bu chamadon «Selta» futbolchilari uchun atalgan pulga to‘ldirilgani haqida aytgan.
Qayd etish kerakki, «Selta» o‘sha o‘yinda «Real»ni mag‘lub etganida, «Barselona»da chempionlikka erishish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘lardi. Endilikda madridliklar oxirgi turda «Malaga» bilan o‘yinda bir ochko olish evaziga chempion bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024