O‘zbekistonliklar tunda osmonda noma'lum jismni ko‘rishdi
19 mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning turli hududlarida yashovchi kishilar osmonda noma'lum jism uchib o‘tganini ko‘rgani haqida yoza boshladi. Facebook va Twitter’dagi sahifalarda shu vaqtda olingan suratlar tarqaldi.
Toshkentliklar taxminan soat tungi 00:30 atrofida osmonda noma'lum uchar jism ko‘rishgan. Tarmoqqa joylangan videolarda guvohlar «Bu samolyot va mushakbozlik emasligi aniqligi, bu meteorit ekani» haqida aytishgan.
Toshkentliklar bu nima ekan? pic.twitter.com/qAbDUnwIk8
— Meyіrbek (@meyirbek84) May 18, 2017
Bunday holat Samarqandda ham kuzatilgan.
Noma'lum uchar jism uchib o'tdi Samarqand ustidan.Yulduz desa yulduzga o'xshamaydi.Orqasidan olov uchib o'tib ketdi.
— Faraon (@GrFaraon1) May 18, 2017
Ba'zilar bu osmonda yorqin iz qoldirib o‘tgan jism raketa ekanini taxmin qilishgan. Ammo ko‘pchilik raketa gorizontal tarzda uchmasligini ta'kidlab, bu asteroid yoki meteorit ekaniga ishonch bildirgan.
Hozircha bu qanday jism bo‘lgani haqida rasmiy ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
21:32 / 10.09.2024
AQShda fermer qimmatbaho meteoritni 30 yil eshik tirgagi sifatida ishlatib kelgani ma’lum bo‘ldi
20:10 / 29.05.2020
Turkiya osmonida yirik meteorit portladi (video)
21:19 / 01.05.2019
Meteorit katta tezlikda Oyga urilishi qayd etildi (video)
22:27 / 18.03.2019