Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amudaryo orqali opiy bilan o‘tmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik fuqaro 16 yilga qamaldi
Afg‘oniston Islom Respublikasining 36 yoshli fuqarosi Nurmuhammad Zoir o‘g‘li ismli shaxs 2 nafar jinoiy sheriklari bilan 6 kg dan ortiqroq vazndagi “opiy”ni kelgusida sotish maqsadida Amudaryo orqali qo‘lbola tayyorlangan rezina qayiqda davlat chegaralarini buzib kirayotgan vaqtida O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari yakunlangach, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025