Sport | 11:50 / 20.05.2017
6464
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun xokkey bo‘yicha JCh-2017da finalga teng yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi

Foto: TACC

Bugun Xokkey bo‘yicha Germaniya va Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. U Germaniyaning Kyoln shahridagi muz maydonida bo‘lib o‘tadi. Dastlab, Kanada va Rossiya termalari o‘rtasidagi final o‘yiniga tenglashtirilayotgan bahs bo‘lib o‘tadi. Aytish joizki, Kanada avvalgi ikki jahon birinchiligida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari o‘tgan yili sentabrda Torontoda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi. Biroq, bu safar Rossiya termasi ham ancha ishonchli o‘yin namoyish qilmoqda. 

Kyolndagi "Lanksess-Arena" maydonida bo‘lib o‘tadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:15da boshlanadi. 22:15da muzga Shvetsiya va Finlandiya jamoalari chiqib kelishadi. Shvedlar bu safargi chempionatga eng kuchli tarkib bilan tashrif buyurgan. 

Finlar jamoasi esa, bu yilgi birinchilikda unchalik ham ajoyib o‘yin namoyish eta olayapti, deya olmaymiz. 

Xokkey bo‘yicha jahon chempionatining hal qiluvchi final bahslari ham Kyoln shahrida 21 may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun bah 19:15da, final kurashi 23:45da boshlanadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid