Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston shimolida ko‘chki tufayli 14 mingga yaqin ziyoratchi tog‘lar orasida qolib ketdi
Hindistonning shimolidagi Uttarakxand shtatida tog‘lar orasida joylashgan Badrinatx ibodatxonasiga ziyoratga kelgan 14 ming kishi kuchli ko‘chki tufayli tashqi dunyodan uzilib qoldi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ziyoratchilar orasida jabrlanganlar yo‘q.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 19 may kuni yuz bergan ko‘chki Chamoli okrugidagi Rishikesh-Badrinatx shossesining 60 metrini qoplab olgan. Bu yo‘l ibodatxona majmuasiga olib boruvchi yagona yo‘l hisoblanadi. Ibodatxona induizmdagi 3 ta bosh ilohdan biri bo‘lgan Vishnu ixlosmandlari orasida ayniqsa hurmat qilinadi. Ibodatxona Himolay etaklarida joylashgan bo‘lib, yilning bu vaqtida bu yerga avtobuslarda ko‘plab odamlar tashrif buyuradi.
Hukumatning ta'kidlashicha, ular ziyoratchilarga zarur yordam ko‘rsatishga tayyor. Yo‘l xizmati xodimlari shosseni ko‘chkidan tozalashni boshlashgan. Yo‘l 20 may kechki vaqtgacha to‘liq tozalanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025