Sport | 13:45 / 20.05.2017
7965
1 daqiqa o‘qiladi

Sampaoli: «Faqat bitta jamoani deb «Sevilya»dan ketishim mumkin»

«Sevilya» bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Argentina terma jamoasini boshqarishi bo‘yicha berilgan savollarga javob qaytardi.

«Mamlakatimda meni jamoa bosh murabbiy qilishdek aniq maqsad bor. Buni men juda yoshligimdan buyon orzu qilib kelaman. Ammo barchasi «Sevilya» prezidenti Xose Kastroga bog‘liq. Meni hurmat qilishim lozim bo‘lgan shartnomam bor. Shu boisdan hech narsaga oydinlik kiritilmagan.

Argentina futbol assotsiatsiyasi va «Sevilya» men terma jamoani boshqarish yoki boshqarmasligimni hal qilishlari kerak. «Sevilya»ni boshqa klub sabab tark etmasligim aniq. Faqatgina milliy terma jamoa sabab ketishim mumkin», – deya Sampaolining so‘zlarini keltiradi As.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid