Jahon | 00:58 / 21.05.2017
11808
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Saudiya Arabistoniga THAAD RQM tizimini sotmoqchi

Foto:AP Photo / PRNewsFoto/Lockheed Martin

AQSh Saudiya Arabistoniga THAAD raketalarga qarshi mudofaa (RQM) tizimi va Patriot RQM majmuasini sotmoqchi, deb xabar berdi AQSh davlat departamenti. 

AQSh va Saudiya Arabistoni 20 may kuni 110 mlrd dollarlik AQSh qurol-aslahasini sotish bo‘yicha bir qator hujjatlarni imzoladi, keyingi 10 yil ichidagi boshqa bitimlar bu qiymatni 350 mlrd dollarga yetkazishi mumkin.

“Patriot va THAAD kabi tizimlar Saudiya Arabistoniga o‘zi va mintaqani raketa va havo xujumlaridan himoya qilishida yordam beradi”, deb aytilgan hujjatda.

Bundan tashqari, sotiladigan qurol-aslaha ro‘yxatida aerostatlar, tanklar, artilleriya, minalarga qarshi radarlar, piyoda qo‘shinlar zirhli mashinalari, vertolyotlar bor. Harbiy-dengiz sohasidagi savdolar kemalar, vertolyotlar, patrul katerlari va ular uchun qurol tizimlarini o‘z ichiga oladi.   

AQSh, shuningdek, Saudiya Arabistoniga tezkor-taktik boshqaruv uchun qurilma va xizmatlarni yetkazib beradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid