Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi qachon bekor qilinishini aytdi
Turkiyada favqulodda vaziyat tartibi barqarorlik va xavfsizlik ta'minlanmaguncha saqlanib qoladi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. U bu haqda Turkiyaning yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdan tashqari qurultoyidagi nutqida aytib o‘tdi.
Partiyaning navbatdan tashqari qurultoyi Erdo‘g‘anning partiya yetakchisi etib saylanishi uchun chaqirtirildi. Erdo‘g‘an 16 aprelda mamlakatda o‘tgan konstitutsiyaviy referendumning yakuniy natijalari ma'lum qilingandan keyin partiyaga qaytishga qaror qildi. Erdo‘g‘an partiyaning asoschilaridan biri hisoblanadi, biroq 2014 yil avgustda Turkiya prezidenti etib saylangandan keyin undan chiqib ketgan. Referendumda qabul qilingan konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, prezident avval ko‘zda tutilgandek, o‘z siyosiy partiyasi saflarini tark etmasligi mumkin.
"Turkiyada qonuniy hokimiyatni ag‘darishga harakat qilindi. Buning oqibatida 249 kishi halok bo‘ldi, 2193 kishi jarohat oldi. Qanday huquqqa ko‘ra favqulodda vaziyat tartibini bekor qilishni talab qilishmoqda? U Turkiyada barqarorlik va xavfsizlik ta'minlangandagina bekor qilinadi", deb aytgan Erdo‘g‘an.
Favqulodda vaziyatlar tartibi o‘tgan yil iyulidagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin 3 oyga kiritilgandi. Keyin u yana 3 oydan 3 marta cho‘zilgandi. Turkiya muxolifati va Yevropa Ittifoqining bir qator yetakchilari favqulodda vaziyat tartibining uzaytirilishini tanqid qilishgandi. Ularning fikricha, bu mamlakat fuqarolari huquq va erkinlariga xavf soladi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025