O‘zbekiston | 00:54 / 21.05.2017
48781
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuxamedov imzolagan hujjatlar nimalardan iborat?

Foto: President.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning o‘zaro muzokaralaridan keyin "Avaza" kongress-markazida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat rahbarlari ishtirokida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- Turkmaniston energetika vazirligi va "O‘zbekenergo" AJ o‘rtasida elektr energiyani tranzit qilish va uzatish haqidagi hamfikrlik Memorandumi;

- Turkmanistonning atrof-muhit va yer zaxiralarini muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi  o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik kelishuvi; 

- Turkmaniston sport davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik hamda yopiq inshootlarda V Osiyo o‘yinlari va jangovar san'at turlari bo‘yicha o‘zbek sportchilarining ishtirokini tashkillashtirish  haqidagi bayonnoma; 

- "Turkmenxovayollary" xizmati va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi;

- "Turkmennebit" davlat konserni va "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi.

Tomonlar, shuningdek, Ashxobod va Toshkent shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish kelishuvi hamda Seyitnazar Seydi nomidagi Turkmaniston davlat pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik kelishuvini tuzdilar.

Mavzuga oid