Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada muxolifatning eng yirik aksiyasi davomida namoyishchilar mashinada urib ketildi
Venesuela poytaxti Karakas va mamlakatning boshqa shaharlarida 20 may kuni muxolifatning navbatdagi ommaviy namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, poytaxtda o‘tgan namoyishda bir necha yuz ming kishi ishtirok etgan. Bu aksiya Venesuelada deyarli 2 oy avval boshlangan norozilik aksiyalaridan eng yirigi bo‘ldi. "Frans Press" axborot agentligining ma'lum qilishicha, aksiyada 160 mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan.
"50 kun va 50 nafar qurbon. Hech narsaga qaramasdan, 50-kunda, kuchaygan tazyiqlarga qaramasdan, Venesuela uchun yanada kuchliroq kurash kuzatilmoqda", deb aytgan muxolifat yetakchisi Enrike Kapriles.
Namoyish vaqtida yengil avtomobil haydovchisi namoyishchilar ustiga haydab, ularni bosib ketgan. Bu haqda Nacional portali xabar bermoqda.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan haydovchi kamida 5 kishini urib ketgan. Namoyishchilar bunga javoban mashinaning oynasini sindirishga ulgurishgan. Bir nafar jarohatlangan shifoxonaga yetkazilgan.
Karakasdagi namoyishlar vaqtida shuningdek politsiya tomondan Milliy assambleya deputati Rafael Gusman kaltaklangan. Nacional ma'lumotlariga ko‘ra, u balog‘atga yetmagan namoyishchining ushlanishiga xalaqit qilmoqchi bo‘lganda unga 10 ga yaqin politsiyachi tashlanib, kaska va qalqonlari bilan do‘pposlab ketishgan.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025