Jamiyat | 07:56 / 22.05.2017
5594
2 daqiqa o‘qiladi

Everestda 3 alpinist halok bo‘ldi, bir nafari bedarak yo‘qoldi

Foto:Flickr / Michael Foley

21 may kuni dunyoning eng baland cho‘qqisi Everestni zabt etish vaqtida 3 alpinist halok bo‘ldi, yana bir nafari bedarak yo‘qoldi, deb xabar bermoqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Washington Post nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar AQSh, Slovakiya va Avstraliya fuqarolari bo‘lgan.  

Halok bo‘lganlardan amerikalik Roland Yyervud 2015 yilda Everestda zilzila sababli yuz bergan qor ko‘chishi vaqtida omon qolgandi. 2017 yilda u Everestni yana zabt etishga qaror qildi, biroq uning bu galgi urinishi fojiali tugadi: u cho‘qqi yaqinida vafot etdi. 

21 may kuni slovak Vladimir Shtrba ham vafot etdi. Avstraliyalik alpinist Franchesko Enriko tog‘ kasalligidan o‘zini yomon his qilib, pastga tushayotganda vafot etgan. 

Washington Post’ning ma'lum qilishicha, hindistonlik alpinist yo‘qolib qolgan, hozir uni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, 2017 yilda dunyoning eng baland nuqtasiga ko‘tarilmoqchi bo‘lgan odamlar soni Edmund Xillari va Tentsing Norgey uni birinchi bo‘lib zabt etgan 1953 yildan beri rekord miqdorni tashkil qilmoqda. 

Mavzuga oid