Insoniyatning qachon yulduzlarga yetishi ma'lum qilindi
Quyosh tizimini tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi Maks Plank Instituti fizigi Rene Xeller insoniyatning qachon eng yaqin yulduzlarga yetishishi mumkinligini hisoblab chiqdi. Tadqiqot haqida "Lenta.ru" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, insoniyat taxminan yaqin yuz yildan keyin eng yaqin o‘n yulduzga yetishi mumkin ekan. Xellerning prognozi yaqin 45 yilda Yerda 0,2 yorug‘lik tezligida harakatlanuvchi kosmik qurilmalarni yaratilishiga oid taxminlarga asoslangan. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, insoniyatning bunday tezlikka erishishi ehtimoli yuqori.
Xeller 200 yillik tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilib chiqdi - ularga ko‘ra, inson tomonidan yaratilgan transport vositalari (paravozlardan to Voyager 1 stansiyasigacha) tezligining o‘sishi avvalgi taxminlarga nisbatan tezroq (yiliga o‘rtacha 4,72 foiz) ro‘y berayotganini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
15:46 / 14.11.2024