Sport | 02:03 / 22.05.2017
16929
2 daqiqa o‘qiladi

Messi 4 yillik tanaffusdan so‘ng yana «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritadigan bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining joriy mavsumi to‘purariga aylandi. U 34 uchrashuvda 37ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ikkinchi o‘rinni Luis Suares («Barselona») 35 uchrashuvda 29 gol kiritib, egallagan bo‘lsa, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 29 uchrashuvda 25 gol bilan uchinchi bo‘ldi.

Messi 2012/13 yilgi mavsumdan buyon ilk marta chempionat to‘purarligini qo‘lga kiritdi. O‘shanda 46 gol kiritgan futbolchi yakunda Yevropada tengsiz to‘purar sifatida «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgandi. 

2013/14 va 2014/15 yilgi mavsumlarda Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati to‘purari bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumda Messining jamoadoshi «Barselona» hujumchisi Luis Suares «Oltin butsa»ga egalik qilgandi. Messi 4 yillik tanaffusdan so‘ng yana «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritadigan bo‘ldi

 

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid