Light | 20:25 / 22.05.2017
23798
3 daqiqa o‘qiladi

Orzuingdagi uyga yetishmoqchimisan - avokadodan voz kech!

Avstraliyalik ko‘chmas mulk magnati ilk shaxsiy kvadrat metriga yetishishni istovchi yoshlarga avokado va qahvaga pul sarflashni bas qilishni maslahat berdi. InsiderPro shu haqdagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi

"Men uyga pul yig‘gan damlarim 15 dollarlik avokadoli bulochka va 4 dollarlik qahvadan voz kechganman", - deya so‘zlaydi bugungi kunda bankdagi hisob raqami yarim milliard dollardan ortuvchi Tim Garner.

Multimillioner o‘zining ko‘chmas mulk sarmoyachisi karerasini 2001 yilda boshlagan: o‘shanda u bobosidan qarz so‘rab, 34 ming dollarga Melburnda sport zali xarid qilgan. 2015 yilda u Gurner kompaniyasiga asos solgan. Bugungi kunda Garner 3,8 milliard dollarlik aktivlarga egalik qiladi. 

Garnerning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatga erishish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan. 

"Men o‘zimning ilk biznesimga 19 yoshda asos solganman. Tong soat 6:00da sport zaliga yo‘l olishdan boshlanar edi. Ishlarimni esa 22:30da yakunlardim. Birinchi shaxsiy uyimni qo‘lga kiritgunga qadar har kuni shu rejimda yashaganman", - deydi u.

Millioner zamonamiz yoshlari noreal umid uyg‘otuvchi  turli realiti-shoularga haddan ziyod qiziqadi, deb hisoblaydi. 

"Milleniallar avlodi Kardashyan oilasi hayotini kuzatadi va Bentley ishtiyoqida yashashni me'yor deb o‘ylaydi. Ular har kuni mazali taom yegisi va yilda bir marta Yevropaga sayohat qilishni istaydi", - deydi u. 

Garner o‘tgan avlodning bunday narsalar haqida o‘ylamagani, buning o‘rniga tinimsiz mehnat qilganiga diqqatni qaratadi.

"Bugun o‘z uyiga ega kishilar tinmay mehnat qilishgan va har bir dollarni tejashgan. Ular ko‘chmas mulkni qo‘lga kiritish uchun imkon boricha harakat qilishgan", - deya ta'kidlaydi Garner.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid